
Qayd etilişiça, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku şahridagi harbiy öljalar boğining oçiliş marosimida iştirok etgan.
Boğda namoyiş etilayotgan harbiy texnika töğrisida Ozarboyjon rahbariga joyida ma'lumot berildi.
Park bilan tanişganidan söng, prezident Ilhom Aliyev mukofotlangan harbiy xizmatçilar bilan uçraşgan.

3 dekabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Vatan uruşi yodgorlik majmuasi va Ğalaba muzeyini barpo etiş töğrisida farmoyiş imzoladi. Ozarboyjon Madaniyat vazirligiga Boku şahar ijro etuvçi hokimiyati bilan birgalikda ikki oy muddatda yodgorlik va muzeyning joylaşişi hamda dizayni böyiça respublika hukumatiga takliflar kiritiş vazifasi topşirilgandi.
Ozarboyjon hamda Armaniston örtasidagi Qoraboğ uçun uruş 2020 yil 27 sentyabr kuni boşlanib, 9 noyabrgaça davom etdi. Yerlarni qaytarib oliş yölida kuraşgan Ozarboyjon Şuşani qaytib olgaç, Armaniston tomoni taslim bölgan va Rossiya vositaçiligida uç tomonlama tinçlik şartnomasi tuzilgandi.


Kelişuvga köra, Ozarboyjon bir qator tumanlarni rasman qaytib oldi va uruş töxtatildi. Hududdagi tinçlikni rossiyalik «tinçlikparvar kuçlar» ta'minlaşi va ularga önlab turk askarlari hamrohlik qilişi aytilgan.




















