Ruhiy holat bilan jismoniy holat o‘rtasidagi barqarorlik, uyg‘unlik, sihat-salomatlik garovidir.
- Zavqli va sog‘lom hayot kechirish uchun: kayfiyatning ko‘tarinki bo‘lishi hayot davomida qanchalik sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishga bog‘liq desak, adashmagan bo‘lamiz. Zero, sog‘lom tanda sog‘ aql, deyishadi.
- Uyqungiz maromida bo‘lsin! Qulay yotoq va tiniq uyqu bo‘lishi hamda me'yoriy 7-8 soatlik uyqu soatlarini tashkil qilish kerak.
- Yaxshi ovqatlaning! Meva va sabzavotlarni ko‘p istemol qilish, parhezpob taomlardan (parranda go‘shti va baliq) yeb turish tanamizga koni foyda.
- Mashq qiling! Imkoniyat darajasida qanchalik ko‘p jismoniy mashqlarni bajarsangiz, shuncha yosh va ko‘rkam ko‘rinasiz. Olimlarning aytishicha, kuniga 20-30 daqiqalik mashqlar inson umrini o‘rtacha 3 yilga uzaytirar ekan.
- Uzoq yashash sirlaridan eng yaxshilari — hayotga yaxshi nazar bilan qarash, doimo yaxshi niyat qilish, odamlarni sevish, mehnatsevarlik, shukronalik, bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, ruhiy hissiyotlarga qattiq bog‘lanib qolmaslik, stresslarga berilmaslik.
- Hayotingizni soddalashtiring! Odamlarda odatda keragidan oshiqroq narsalar bo‘ladi. Uyingiz, umuman, atrofingizdagi sizga kerak bo‘lmagan narsalarni kamaytiring. Ancha yengillashasiz!
- Yaxshilik qilib turing! Atrofdagilarga beg‘araz ko‘mak berishni kanda qilmang. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, odamlarga yordam berib yashaydigan insonlar baxtliroq va uzoqroq umr kechiradilar.
- Yaxshi tarafni ko‘rishga harakat qiling! Olimlarning takidlashicha, optimistlar (ilg‘or fikrlaydigan insonlar), pessimistlarga (tushkunlikka moyil) qaraganda 7-8 yil uzoq yasharkan. Quvnoq insonlarning do‘st orttirishi ham oson .
- Jilmaying! Samimiy tabassum va beozor kulgi inson umrini uzaytirishi sir emas. Kulgi yaxshigina kayfiyatni ko‘taradi.
- Suv iching! Suv sizni sog‘lom, chiroyli va xotirjam qiladi.
- Xavotirlanmang! O‘zingizda yo‘q narsa uchun tashvish chekmang. Hozir yo‘qligining boisi demak, hali mavridi emas.
- Asosiysi, taqdiringizdan aslo nolimang! Bu sizga hech qanday naf bermaydi! Hayotingizda bor odamlar va bor narsalar uchun shukr qilib yashashga harakat qiling.









