Samarqand şahrida fuqarolardan birining maşinasi eşiklarini buzib oçib, söng pullarni öğirlab ketgan şaxs uşlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahri böyiça IIO FMB 3-son IIBga fuqaro J.Narbayev ariza bilan öziga tegişli «Nexia» maşinasi eşiklarini noma'lum şaxs buzib oçgani haqida murojaat qilgan. U öz murojaatida maşina salonidan 300 AQŞ dollari, 500 ming söm pul hamda bahosi 680 ming söm bölgan maşina örindiq qoplamasi yöqolganini bildirib, öğrini aniqlaş va unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Mazkur murojaat yuzasidan, Samarqand şahri böyiça IIO FMB 3-son IIB JQG xodimlari tomonidan amalga oşirilgan tezkor tadbirlar natijasida öğri uşlangan. Qayd etilişiça, mazkur jinoyatni Bulunğur tumani, Oqtepa köçasida yaşovçi, muqaddam öğrilik jinoyati bilan sudlangan, 1985 yilda tuğilgan U.I. sodir qilgani aniqlanib, undan aşyoviy dalillar hujjatlaştirilib olingan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan U.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.