Andijon viloyati, Uluğnor tumani hokimligida xalq depuputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Yiğilişda Oliy Majlis Senati a'zosi, Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi. Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Jumladan, Doniyor Töyçiyeviç Maxsudov tumanga hokim etib tayinlandi.

Doniyor Maxsudov şu vaqtgaça Andijon viloyatining Buloqboşi tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi. U yangi lavozimda oktabr oyida vafot etgan Asilbek Yusupov örnida iş boşlaydi.
Buloqboşi tumaniga ham bugun yangi hokim tayinlanadi.
Doniyor Maxsudov 1976 yil 11 aprelda Andijon viloyati Baliqçi tumanida tuğilgan, 1998 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini (sirtqi), 2010 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi - iqtisodçi. 1990 yildan 2011 yilgaça Uluğnor tumanida turli lavozimlarda mehnat qilib kelgan Maxsudov 2011 yildan buyon Buloqboşi tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi.
















