– Rözani buzadigan amallar haqida aytadigan bölsak, bular yeb-içiş, ya'ni tanaga ozuqa kirişi hamda oilaviy munosabatlar, ya'ni öz ahliga yaqinlik qiliş. Mana şu ikkala masala rözani buzadi, bularga amal qilinmasa insonning rözasi qabul bölmaydi. Şuningdek, saharlikni keçiktirib vaqtidan ötkazib yuboriş ham bölmaydi.
Bilmasdan, xayolidan kötarilib yeb-içib yuboriş ham rözani oçmaydi, lekin xayoliga rözadorligi kelişi bilan yeb-içişni töxtatişi kerak. Şu örinda bir masala, agar uzri bor holatida ham bir keksa odam röza tutsa-yu, parişon bölib nimadir yeb-içayotgan bölsa, uni töxtatiş kerak emas deydi, ulamolar. Çunki unga röza tutiş farz emas, lekin himmat qildi. Ozgina yeb olgan narsasi qari insonga mador böladi. Lekin rözadorligini özi eslaşi bilan töxtaşi kerak böladi.
Oğizni tiş pastasi bilan yuviş masalasi. Özi aslida xuşböylik rözani oçmaydi. Hozirgi köp tiş pastalari öta xuşböy bölib, uning hidi dimoqqa urilib insonga rohat bervoradi. Bu esa makruh böladi. Şuning uçun oğiz yopişdan avval tişni bir marotaba çayqab oliş kifoya qiladi. Misvoqni bemalol rözador holda ham işlatiş mumkin yoki zarurat tuğilsa, rözador odam tiş çötkasiga pasta qöşmasdan, suvni özida yuvsa ham böladi.
Suvdan foydalaniş masalasida. Ba'zilar ariqni içiga tuşib olib, suzib yuradi-da, rözam oçilmaydi deydi. Soylarda yoki basseynlarda suzganda oğiz va burundan suv kirib, rözaning oçilib ketişi ehtimoli juda yuqori. Bulardan saqlaniş kerak. Lekin böyingaça bölgan çuqurlikdagi suvga tuşib yursa, bunday holda röza oçilmaydi. Isib ketgan vaqtda boşdan suv quysa yoki duş qabul qilsa ham röza oçilmaydi.
Agar rözaning maşaqqati tanaga zararli bölmasa, uning maşaqqatini kötariş rözaning savobini köpaytiradi. Toqatdan taşqari holatlarda tananing haqqi oldinga çiqib qoladi. Ya'ni tanaga ortiqça oğirlik yöq – sabr qilasiz, savob olasiz. Lekin tanaga maşaqqat oğirlaşib ketganda, endi uning haqqini ado qiliş – sovitiş kerak. Bunday holatlarda qiyinçilikka tarğib va talab qilinmaydi.
Boşqa masalalarda, ayollar uçun muhim bölgan ovqatni tuzini körişda, agar ozgina ovqatni tilga tekkizib, ta'mini bilib olsa, tupurib yuborsa röza oçilmaydi. Lekin olgan ovqati tomoğiga ketib qolsa, rözasi oçilib ketadi.

















