Qabul qilinayotgan çoralarga qaramay, bugungi kunda dunyoda giyohvand moddalarni iste'mol qiluvçilar soni 269 million kişiga yetgan. Ularning ön millioni giyohvandga aylanib qolgan odamlardir. Pandemiya paytida uşbu odamlarning aksariyati zarur ta'minotdan mahrum bölişi natijasida giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanadiganlar öz mahsulotlarini sotiş uçun ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanişga bölgan harakatlari kuçaygan. Bu haqda BMT Giyohvand moddalar böyiça komissiyasining 64-sessiyasida ma'lum qilindi.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça boşqarmasi ijroçi direktori Gada Fathi Valining ta'kidlaşiça, giyohvandlik muammosini hal qiliş mumkin. Buning uçun giyohvand moddalarni iste'mol qiluvçilarni jinoyatçi emas, balki jabrlanuvçi sifatida davolaş va giyohvand moddalarga bölgan talab va taklifni kamaytiriş böyiça samarali siyosat işlab çiqilişi kerak.
Uşbu strategiyalardan biri umidsizlikka uçragan odamlarni, ayniqsa yoşlarni, giyohvand moddalardan taskin izlaşga majbur qiladigan qaşşoqlik va işsizlikka qarşi kuraşiş kerak.
«Vaziyatni Sovid-19 pandemiyasi oğirlaştirmoqda. Inqiroz natijasida qaşşoqlik va işsizlikning ösişi ayrim toifadagi odamlarning köproq zaifligiga olib keldi», - dedi Gada Fathi Vali.
U inqirozga qaramay, barça davlatlarni giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraşga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirmaslikka çaqirdi va 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyin bunday pasayiş giyohvandlikning köpayişiga olib kelganini eslatib ötdi.
Xalqaro giyohvand moddalarni nazorat qiliş kengaşi prezidenti Kornelis de Yonxerning aytişiça, butun dunyoda giyohvand moddalarga bölgan talab yildan yilga ortib bormoqda. Şu bilan birga, giyohvand moddalarning qora bozori, ayniqsa pandemiya paytida, ijtimoiy tarmoqlar orqali yanada kengaymoqda va talab ortmoqda.
Narkotik moddalar böyiça komissiya 1946 yilda taşkil etilgan. Uning tarkibiga BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengaşi (ECOSOC) tomonidan tört yil muddatga saylangan 53 davlat vakillari kiradi. Komissiyaning asosiy vazifasi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni nazorat qiliş böyiça xalqaro şartnomalarning qöllanilişini nazorat qilişdir.










