Uçraşuvda mamlakatimizning YeXHT bilan konstruktiv şerikligini rivojlantiriş, Özbekiston bilan Şvetsiya örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Davlatimiz rahbari YeXHT bilan samarali muloqotning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Şvetsiyaning taşkilotga raisligining ustuvor yönalişlarini qöllab-quvvatladi.
Keyingi yillarda, şu jumladan uşbu nufuzli mintaqaviy taşkilotning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori ofisining izçil sa'y-harakatlari tufayli özaro muloqot va almaşinuvlar jadallaşgani ta'kidlandi.

Suhbatda Özbekiston Prezidenti YeXHT bilan köp qirrali şeriklikni, avvalo, mamlakatimizda muhim içki siyosiy tadbirlarni ötkazişga tayyorgarlik doirasida kengaytirişning asosiy yönalişlariga alohida töxtaldi.
Özbekiston taşkilotning Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi va Parlament assambleyasi bilan sermahsul muloqotni davom ettirişdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Yaqin orada bir qator qöşma tadbirlarni taşkil etiş töğrisida kelişuvga erişildi.
Özbekiston prezidenti Şvetsiya bilan ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari haqida söz yuritar ekan, ta'lim sohasida hamkorlik qiliş, Şvetsiya yetakçi kompaniyalarining innovatsiyalari va investitsiyalarini mamlakatimizga jalb etiş, savdo va kooperatsiya aloqalarini kengaytirişni muhim yönalişlar sifatida qayd etdi.
Şvetsiyada Özbekistonning diplomatik missiyasini taşkil etiş mamlakatlarimiz örtasidagi va umuman skandinav davlatlar bilan hamkorlikning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlarini röyobga çiqarişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.
YeXHTning amaldagi raisi, Şvetsiya taşqi işlar vaziri iliq qabul va oçiq suhbat uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ann Linde Özbekistonda yangi bosqiçda amalga oşirilayotgan demokratik yangilanişlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, şuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş borasidagi siyosatni yuqori baholadi va qöllab-quvvatladi.











