Ma'lum qilinişiça, holat yuzasidan içki xizmat tekşiruvi ötkazilgan. Unga köra Sergeli yönalişining “3-Bekat” stansiyasidagi vaqtni körsatuvçi soat tablosida 12 aprel kuni soat 16:40da hakerlar tomonidan kiberhujum (buzib kiriş) sodir bölgani aniqlangan.
“Uşbu darça elektron tizimli bölib, Wi-Fi orqali boşqariladi. Hujum qilganlar soatga örnatilgan parolni buzib, unga nojöya gapni harakatlanuvçi satrga joylaştirgan.
Uşbu yozuv 4 daqiqa içida olib taşlangan. Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan aybdorlar qidirilmoqda va ularga nisbatan tegişli çoralar köriladi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, “Toşkent metropoliteni” UK rahbariyati tomonidan telekommunikatsiya tarmoğiga noqonuniy (sanksiyasiz) ulanişga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangani eslatib ötilgan.
Ma'lumot uçun, sönggi paytda metropoliten bilan boğliq köplab holatlar yuz bermoqda. Avvalroq, Sergeli yönalişida metro harakati texnik muammo sabab töxtab qolgan edi.
Biroz ötib esa, Çilonzor yönalişida poyezd “Puşkin” bekatidan “Buyuk ipak yöli” bekatigaça eşikni yopmay harakatlangani töğrisida videolavha tarqaldi va şundan söng vagon eşigini yopilmagan holda harakatlangan poyezd maşinisti, elektr-çilangari va katta ustasi işdan böşatilgan edi.
















