Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) – Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) Xalqaro bolalar jamğarmasi (UNICEF) tomonidan işlab çiqilgan dastur bölib, uy xöjaliklarining tasodifiy tanlama kuzatuvi ötkazişni nazarda tutadi.
Mamlakatimizda bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholaş maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi «2020-2021 yillarda Özbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini ötkaziş töğrisida»gi 625-sonli qarori tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini ötkaziş böyiça Davlat statistika qömitasi vakolatli davlat organi etib belgilangan.
Ötkaziladigan MICS kuzatuvlari natijalaridan uy-xöjaliklarining yaşaş farovonligi, turmuş darajasi hamda onalar va bolalar töğrisidagi quyidagi ma'lumotlar olinadi:
Uy xöjaligi darajasida: - bolalarning yoşi, jinsi, yetimlik töğrisida, oilalardagi barça bolalar uçun maktablarga qatnaş imkoniyati, bolalar mehnatidan foydalaniş darajasi, yodlangan tuz bilan ta'minlanganlik, uzoq muddat foydalaniladigan uy jihozlari bilan ta'minlanganlik, sanitariya holati va toza içimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi töğrisidagi ma'lumotlar olinadi.
Ayollar böyiça: ayollarning savodxonligi, ularning ta'lim darajasi (oliy, örta maxsus), bolalarning yaşab qoliş darajasi, qoqşolga qarşi çora-tadbirlar, homiladorlik va tuğruq davrida soğliqni saqlaş, nikoh jarayonlari, kontratseptiv vositalaridan foydalanişi yuzasidan ma'lumotlar töplanadi.
Bolalar böyiça: savodxonlik, ta'lim darajasi, tuğilişni qayd etiş, erta ta'lim, A vitamini bilan ta'minlanganlik, kökrak suti bilan oziqlantiriş, kasalliklarning oldini oliş, bezgak, emlaş, bolalarning ösişi va rivojlanişini kuzatiş kabi körsatkiçlar şakllantiriladi.
Statistika ma'lumotlariga köra, 2020 yil 1 yanvar holatiga viloyatda 15-49 yoşdagi ayollar soni 514 114 kişi, 5 yoşgaça bölgan bolalar soni 193 248 nafarni, 5-17 yoşgaça bölgan bolalar soni 410 680 nafarni taşkil qiladi.












