Prezident tomonidan «Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirişdagi davlat boşqaruvini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror imzolandi.

Prezidentning 2021 yil 1 apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş böyiça davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirişdagi davlat boşqaruvini yanada takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar dasturi;
  • Innovatsion rivojlaniş vazirligi taşkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlaniş boşqarmalari namunaviy tuzilmasi;
  • Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi ijro etuvçi direksiyasi va kuzatuv kengaşi tuzilmasi;
  • Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi töğrisidagi nizom.

Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Innovatsion işlanmalarni joriy etiş ilmiy-amaliy markazi negizida, uning belgilangan umumiy çeklangan ştat birliklari va iş haqi jamğarmasi doirasida hamda amaldagi moliyalaştiriş tartibini saqlab qolgan holda, davlat muassasasi şaklidagi Innovatsiyalarni joriy qiliş va texnologiyalar transferi milliy ofisi taşkil etiladi.

Milliy ofisning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

  • iqtisodiyot real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib çiqib ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, şu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalar yaratiş, joriy etiş, köpaytiriş va ularni tijoratlaştiriş;
  • tijoratlaştiriş imkoniyatiga ega işlanmalarni tanlaş, baholaş va joriy etişda faol qatnaşiş, ularni tijoratlaştiriş uçun investitsiyalar jalb qiliş, uşbu yönalişda forumlar, xalqaro yarmarka va körgazmalar ötkaziş;
  • ilmiy, loyiha-konstruktorlik va texnologik taşkilotlarning işlab çiqariş taşkilotlari bilan ilmiy va innovatsion sohada izçil hamkorligini rivojlantiriş;
  • ilmiy faoliyat sub'yektlariga intellektual mulk obektlari va nou-xaulardan foydalaniş böyiça konsalting xizmatlari körsatiş, ilmiy-tadqiqot loyihalarini şakllantiriş, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oşiriş hamda marketing usullarini qöllaş böyiça öquv va trening kurslarini taşkil qiliş;