Qazilma boyliklar konlari qanday topiladi?

Avvalo, kon degan tuşunçani yaxşi anglab oliş kerak. Kon degani nima, har qanday ma'dan topilmasi ham kon bölib ketaveradimi — yöq, albatta. Ma'dan tarqalgan toğ jinslarining ölçamlari (uzunligi, qalinligi, hajmi), undagi foydali qazilmaning (ya'ni metall yoki nometallarning) miqdori ularni sanoat miqyosida özlaştirganda iqtisodiy samara bermasa, ma'dan tarqalgan maydonlar kon hisoblanmaydi va şunçaki oltin, mis yoki boşqa ma'danlar namoyoni sifati belgilab qöyiladi.

Geologik qidiruv işlarining dastlabki bosqiçlarida topilgan ma'danlar tarqalgan nuqtalar, kimyoviy oreollar yoki anomaliyalar kon darajasigaça yetişlari uçun köpgina bosqiçlardan ötadi, masalan, dastlab regional geofizik, geokimyoviy va geologik tasvirlaş işlari va uşbu işlar natijasida topilgan ma'dan tarqalgan nuqtalar, oreollar yoki anomaliyalarda dastlabki maxsuslaşgan izlaş işlari, keyin esa izlaş, dastlabki baholaş, mufassal baholaş hamda razvedka (qidiriş) bosqiçlari amalga oşiriladi.

Har bir bosqiç geologiya qidiruv işlariga ötişning maqsadga muvofiqligi geologik-iqtisodiy hisob-kitoblar bajariş asosida amalga oşiriladi.

Geologlar dastlabki bosqiç geologik qidiruv işlari natijasida yoki öxşaşligiga qarab geologik tuzilişi öxşaş örganilmagan maydonlarda tabiiy ma'dan manbalari (konlari) bölişi mumkinligini taxmin qilgandan keyin buning ustida juda katta jamoa iş boşlaydi. Misol uçun, regional tasvirga tuşiriş davrida toğ jinsidan namuna olib tahlil uçun laboratoriyaga yuboriladi, olingan tahlil natijalari asosida kerakli geologik xaritalar tuziladi va xulosalar qilinib, hisobot geologik fondga topşiriladi.

Vaqti kelib keyingi bosqiç işlarini olib borişga mas'ul jamoa uşbu xaritalar va xulosalar asosida ajratilgan salohiyatli maydonlarni örganiş maqsadida yangi bosqiç işlariga loyiha işlab çiqadi va loyihani bajariş uçun maxsus guruh yoki ekspeditsiya taşkil qilinadi.

Ma'danli toğ jinslarining qaysi tomonga qarab tarqalişi, qalinligi, uzunligi, çuqurligi va ma'dandagi foydali qazilmaning miqdori va boşqa xususiyatlari aniqlanadi va bularning har biri uçun köp vaqt, moddiy resurslar va mablağlar (texnika, yoqilği, maoş, soliq, elektroenergiya kabi) sarflanadi.

Bajarilgan izlanişlar natijasida olingan geologik namunalar ma'danning fizik va kimyoviy xususiyatlarini aniqlaş uçun maxsus tahlil laboratoriyalariga yuboriladi. Tahlillar natijalariga asosan ma'dan tarqalgan maydon çegaralanib ma'danning asosiy körsatkiçlari: hajmi, soliştirma oğirligi, undagi yetakçi va yöldoş metallarning örtaça miqdori kabilar aniqlanib, uşbu