Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida Samarqand viloyati faollari, sohalar rahbarlari iştirokida yiğiliş bölib ötmoqda.
«Men hamişa Samarqandni soğinaman. Kuni keça Imom Buxoriy majmuasida bölgan uçraşuvda ham aytdim – köp joylarda işladim, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda köp qöl kelgan. Albatta, men bu viloyatda hokim bölib işlagan paytlarimni har doim eslayman. U paytlar muammolar köp edi, imkoniyatlar çeklangan edi.
Ularni yeçişga hamişa harakat qilamiz. Samarqandda özgariş bölmayapti desak töğri emas, özgarişlar bor. Lekin Samarqand qaçon şiddat bilan rivojlanadi, degan savol meni hamişa qiynaydi.
Bilasiz, 2020 yil juda oğir keldi. Qanday qilib mana şunday oğir şaroitda keçagiga nisbatan bugun nima özgaradi, xonadonlar qanday obod böladi, farzandlarimiz qanday qilib yaxşi yaşaydi, degan savollar meni öylantiradi. Agar kimdir kelib bizga bu narsalarni qilib beradi, desak adaşamiz. Bugungi şiddat bilan özgarayotgan zamonda har bir davlat, har bir millat birinçi özi haqida qayğurmoqda.
Biz ham bugungi muloqot çoğida öylaşimiz kerak – Imom Buxoriy majmuasidek muqaddas joylari bölgan Samarqandda bugun nimalar qilamiz? Prezident ana şunday uluğ ayyom kunlarida nega keldi, degan savolga qanday javob beramiz?
Biz ana şunday uluğ insonlar davomçilarimiz, şuni unutmasak işimizda baraka böladi, şukronalik böladi. Fursatdan foydalanib men hammangizni muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Niyatim, kelgusi yillarda ham şu kunlarga eson-omon yetib boraylik», deya prezident nutqining kiriş qismidan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












