Muborak Ramazon oyiga bağişlangan jonli efirdagi ilk suhbatimizda şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon qori Yahyo Abdulmajid muxlislardan izohlarda qoldirilgan savollarga ham javob berdi. Savollardan biri özbekistonlik migrantlarning eng katta qismi istiqomat qiladigan Rossiyadan kelib tuşdi.
– Assalomu alaykum, domla. Biz Rossiyadamiz, rözani Özbekistondagi taqvim vaqti bilan tutsak böladimi?
– Va alaykum assalom. Yöq, inson qayerda yaşayotgan bölsa, öşa joyning vaqti bilan röza tutadi. Savolda aytilgan holatda Rossiyaning taqvimi, u yerda quyoş çiqişi va botişiga qarab röza tutadi.
Hatto toğdagi bilan uning pastida yaşaydigan odam ham rözani yopiş va oçiş vaqtlarini boşqaça belgilaydi. Masalan, Dubaydagi eng baland imoratda ham qavatlar namoz va röza vaqtlari böyiça uçga bölingan. Imorat öta baland bölgani uçun inson özi körib turgan quyoşga qarab röza vaqtlarini belgilaydi va namozini öqiydi.
Agar samolyotga çiqsangiz ham quyoşga qarab ibodatlar vaqtini belgilaysiz. Misol uçun, asr vaqtidan keyin samolyot kötarildi, pastda bir-ikki soatlarda kun botişi kerak edi. Lekin samolyot kötarilgaç, kun botmay qoldi, siz quyoşni körib turibsiz. Bunday holda röza oçilmaydi, samolyotda kun botişi kutiladi. Agar musofir sifatida röza oçib yuborilsa, bu röza buzilgan hisoblanadi va ramazondan keyin öşa kun uçun qazo tutib beriladi. Hadislar keladi, agar ramazon rözasini uzrli holatda oçib yuborsa ham, keyinçalik öşa kun evaziga bir umr qazo röza tutib bersa-da, öşa kunning savobini topa olmaydi. Şu sababli hatto samolyotda bölsa ham röza inson turgan joyga qarab belgilanadi.
Yana bir masala, yerda quyoş botgaç, röza vaqti tugab oğiz oçsa, şunday keyin samolyotda osmonga kötarilib quyoşni körib qoldi. Bunday holda röza öz vaqtida oçilib bölgan hisoblanadi va qayta oğzini berkitişga hojat yöq.
- Barça savol-javoblar bilan töliq video orqali tanişişingiz mumkin. Suhbat davomida, şuningdek oğiz oçiş va yopiş vaqtlarini aniqlaşdagi ixtiloflar, kimlarga röza farzligi va kimlarga yengillik berilgani, rözani buzuvçi amallar, Ramazonda qiliş mumkin bölgan işlar, iftorlik va saharlikda taomlaniş odoblari kabi mavzularda söz boradi.
Farrux Absattarov suhbatlaşdi.
















