Markaziy Osiyo Rus imperiyasi uçun paxta manbasiga aylangandi.

2019 yilda Buyuk Britaniyaning Mançester universiteti naşriyotida «1916 yilgi Markaziy Osiyo qözğoloni: Uruş va inqiloblar davrida imperiyaning qulaşi» nomli kitob çop etilgan edi.

Bu qözğolon Markaziy Osiyoda yaşovçi özbek, tojik, qirğiz, qozoq va boşqa xalqlarning rus istiloçilariga qarşi eng yirik isyoni sifatida qolgan. Ingliz tadqiqotçilari kitobida qözğolonning turli jihatlari tahlil qilinadi. Bu oxirgi 60 yil içida şu mavzuda ingliz tilida çop etilgan birinçi töplam hisoblanadi.

BBC özbek xizmati kitob muallifi va muharrirlaridan biri fransiyalik olima Kloye Driyu bilan suhbat qildi.

— 1916 yilgi Markaziy Osiyo qözğoloni haqida köp kitob yozilmagan, yozilganlariga ham ança vaqt bölgan. Siz va hamkasblaringiz yozgan bu kitob avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi, qanday yangi topilmalar bor unda?

— 1916 yilgi Markaziy Osiyo qözğolonini tahlil qilgan ilk kitobni Aleksandr Sokol 1950-yillarda çop qilgan. Demak, uning çiqqanidan beri ança vaqt ötdi. Sokolning kitobi ham ança yaxşi, u 1916 yilgi qözğolon sabablarini tahlil qilgan. Ammo, Sovet Ittifoqining ilk yillarida va keyinroq 50-yillar va undan keyin bu mavzu juda siyosiylaştirilgan edi. 1930-yillardan keyin bu qözğolonni tadqiq qiluvçi boşqa kitoblar çiqarilmay qöygandi. Çiqqanlarining ham aksari arxiv materiallari töplamlari bölgan. Ya'ni u asosan xom material edi va uni tahlil qiliş juda qiyin, çunki juda köp turli mavzularni öz içiga olgan. Agar tarixçi bölmasangiz, bu ma'lumotlar bilan işlaş osonmas. Biz naşr etgan kitobimizga esa köplab tarixçilarni jalb qildik, unga Aleksandr Morrison, Aminat Çokobayeva va men muharrirlik qildik, va yana 10dan oşiq mualliflar maqolalarini qöşdik. Ular dunyoning turli burçaklaridan – Özbekiston, Qirğiziston, Germaniya, Fransiya, Britaniya va boşqa joylardan.

Biz kitobda ham ötroq va ham köçmançi hududlardagi qözğolonlarning turli tafsilotlari haqida fikrlar bildirganmiz.