Navröz bayramida berilgan ta'tildan foydalanib, Qaşqadaryoning ajib qişloqlaridan biri – Ğyelonga borişga qaror qildik. Esingizda bölsa, Özbekistonning eng baland nuqtasi hisoblanuvçi Hazrati Sulton çöqqisiga sayohat davomida bu qişloqqa ham töxtalib ötgandik. Bu gal toğlar orasidagi ajoyib qişloq haqida alohida körsatuv qilişga qaror qildik, çunki u yerning tabiati haqida uzoq gapiriş mumkin.
Safarimiz Şahrisabzdan boşlandi. Ğyelonlik haydovçi hamrohimiz bizni aynan Şahrisabzda kutib oldi. Manzilimiz şahardan 3 soatlik yölda joylaşgandi. Hisorak suv omboriga kötarilib, toğlar orasiga kira boşlar ekanmiz, taşqi dunyodan uzilib, tabiat bilan yolğiz qoldik: aloqa yöqoldi, telefonlar faqat kamera vazifasini bajara boşladi. Albatta, bunday gözallikni heç narsaga çalğimay tomoşa qiliş yoqimli, lekin körganlarimizni sizga ham ilinmasak, töğri bölmasdi.




Darvoqe, suv omborida suv hali ança kam va uni töldiradigan daryo özani yozdagidan ança pasaygandi. Çunki hozir suv omboriga faqat yomğir va sellarning suvi borib quyilmoqda. Yozda qorlar eriy boşlagaç, suv köpayib, zilollaşadi va Hisorak köm-kök tusga kiradi. Daryo hali tölmagani bahonasida uning içiga kirib, özanning salobatini his qildik. Undagi toşlar şunçalik çiroyliki, şaharda quriliş qiluvçilar ularni olib keta olmasligidan xursand böldik. Axir bunça masofadan toş olib ketiş ularga ham qimmatga tuşadi.


Suv omboridan toğlar orasiga kirib borar ekanmiz, qişloqlar asta-sekin közdan uzoqlaşa boşladi. Uylar tugagan joyda hayot ham tugadi, qolganiga odamlar yaşamaydi, toğlar faqat jonivorlarga qolgan bölsa kerak, deb öylaydi bilmaganlar. Lekin Qaşqadaryoning azim toğlari bağrida biz közlab borayotlan ajoyib qişloqlar bor. Borgan kunimiz rosa yomğir yoğdi, yölda yuriş ham şunga yaraşa qiyin böldi. Toğga çiqqan sari tuman köpayib, kamera ham atrofni yaxşi suratga tuşira olmadi.





























