Kun.uz mahrning nima ekanligi va unga nima berilsa joizligi yuzasidan sörovnoma ötkazdi. Tabiiyki, bu jarayonda turmuş qurganlarga savol berildi va natijalarga köra mahrni köproq sovğa deb tuşunadigan ayollar köpçilikni taşkil qildi. Ba'zilar buni nikoh paytida eşitişganini aytişdi. Mahr haqida umuman bilmaydigan ayollar ham uçradi. Şundan kelib çiqqan holda bu masalada bilimga ega bölgan zamondoşlarimizdan ham fikr söradik.
Odinaxon Muhammad Sodiq, olima:
– Mahr bu ayol va erkak örtasida aqdi nikoh qilingan paytda kelinga beriladigan moliyaviy haq hisoblanadi. U ayol kişining haqqidir. Qur'oni Karimda 4 örinda uni berişga buyruq qilingan. Payğambarimiz s.a.v ham «Mahr beriş uçun bir temir uzuk bölsa ham topgin», deya uylanadigan kişiga mahr berişga buyruq qilganlar.

Mahrni kuyov beradi – uning ota-onasi emas. Bu bilan unga oilaboşilik mas'uliyati anglatiladi. Mahr miqdorining eng kami 4,25 gramm tillaga tenglaştiriladi. Şu qiymatdan tuşmasligi kerak. Eng köpining esa çegarasi yöq: hisobsiz mol-mulk bölişi ham mumkin.
Turmuş quradigan yoşlarimizga mahr beriş va oliş farzi haqida ta'limot berilişi lozim. Yigitlarga zimmasidagi mahr beriş, qizlarimizga mahr talab qiliş huquqlari, miqdori haqida anglatiş kerak böladi. Hozirgi paytda bu masalani köpçilik yaxşi anglamayapti. Buni nikoh paytida yoşlarga anglatiş imom-domlalarning vazifasiga kiradi. Nikoh paytida kelinda hayajon yoki uyat hissi tufayli buni söray olmasligi mumkin. Şunday vaziyatda uning otasi yoki aka-uka, yaqinlaridan biriga bu vazifa yuklatiladi. Kelinning nomidan mahr miqdorini e'lon qilib, talab qilişlari joiz böladi.
Mahr beriliş muddatiga köra ikkiga bölinadi: mu'ajjal, ya'ni tezlatib beriladigan mahr va muajjal, ya'ni keyinroq beriladigan mahr. Kelişilgan mahrning bir qismini töy paytida beriş, qolganini vaqt ötib aytilgan muddatida beriş mumkin. Ayniqsa hozir bu muddatni guvohlar iştirokida kelişib oliş maqsadga muvofiq böladi. Boşqa qarzlar kabi mahr ham erkakning zimmasida to vafotiga qadar turaveradi.
Mahrga qölga kiritiladigan mol-mulk berilişi vojib böladi: u tilla, pul uy-joy bölişi mumkin. Ma'naviy narsalar mahr sifatida berilmaydi – ular mahr böla olmaydi, çunki ular qölga kiritiladigan mulk emas. Agar uy-joydan ma'lum xonalar ajratib berilsa, öşa xona uning mulki hisoblanadi. Agar sabablarga köra turmuş davom etmaydigan bölsa, öşa joy uning mulkidir, istasa kirib yaşaşi, istasa uning qiymatini sörab, hisoblab haqqini olişi mumkin. Er-xotin bölib yaşagandan keyin qanaqa ayb bilan ajraşgan taqdirda ham ayol mahrini olişi şart. Avvallari bu qozilar orqali hal qilingan. Islomiy davlatlarda bu qonunga kiritilgan: erkak kişi mahrni aytilgan vaqtda bermasa tegişli tartibda qonunan hal qilinadi. Bizda köpinça imom-domlalarga murojaat qilinadi.












