Xitoy iqtisodiyoti birinçi çorakda koronavirus pandemiyasi boşlanişi natijasida tanazzulga uçragan ötgan yilning şu davriga nisbatan 18,3 foizga oşdi. Uşbu natija 90-yillarning boşlarida, çoraklik YaIM statistikasi naşr etila boşlangandan beri eng yuqori çoraklik ösiş körsatkiçi hisoblandi.

E'lon qilingan ma'lumotlarga köra, sanoat sohasidagi ösiş va SOVID-19 infeksiyasining past darajasi sabab 2020 yilning oxirlarida mamlakat iqtisodiyoti inqirozgaça bölgan davrdan oşib ketgan.

«Esda tutiş kerakki, SOVID-19 epidemiyasi hali ham dunyo böylab tarqalmoqda va xalqaro vaziyat qiyin bölib, yuqori darajadagi noaniqlik va beqarorlik saqlanib qolmoqda. Ammo amaldagi tiklaniş tendensiyasi yil davomida davom etişiga aminmiz», dedi Xitoy Milliy statistika byurosi vakili Lyu Ayxua.

Birinçi çorakda YaIM ösişidagi asosiy uluşni sanoat işlab çiqarişi egallab, uning uluşi YaIM oşişida 24,5 foizni taşkil etgan. Sanoat ösişiga eksportning tiklanişi ham sabab bölgan.

Şuningdek, mart oyida çakana savdo 34,2 foizga ösgan.

Uşbu körsatkiçlarni birinçi navbatda Xitoy mahsulotlariga, şu jumladan, elektronika va mebellarga bölgan global talab ta'minlagan. Bundan taşqari, keng kölamli infratuzilma loyihalari va köçmas mulkka investitsiyalar iqtisodiy faollikning ösişiga yordam bergan.

Tahlilçilarning prognozlariga köra, Xitoy eksportiga bölgan talab 2021 yil oxiriga qadar pasayib ketişi ham mumkin.

Avvalroq, 2020 yilgi pandemiya çeklovlariga qaramay, Xitoy ötgan yil davomida iqtisodiy ösişga erişgan yagona yirik iqtisodiyot bölgani ma'lum qilingandi. Brukings instituti hisob-kitoblariga köra, taxmin qilinganidan ikki yil oldin, ya'ni 2028 yilga kelib, Xitoy dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanişi mumkin.