Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida Vladimir Putinga qönğiroq qilgani, ammo rossiyalik hamkasbi unga javob bermaganini aytdi.

"Ha, rost. Men tört nafar harbiyimiz halok bölgan va ikki nafari jarohatlanganida sörov berdim. Ofis rahbaridan Rossiya prezidenti bilan boğlanişni söradim, Putin bilan gaplaşmoqçi edim. Ammo ular sörovni tasdiqlamadi – suhbat bölmadi. Ular avvaliga sörov bölmaganini aytişdi. Lekin men eslayman.

Darvoqe, bu körsatkiç hisoblanadi. Çunki mendan Rossiya uruşni tugatiş niyatidami deb söraşadi. Bu savolga harakatlar bilan javob beriş mumkin: men qönğiroq qildim – javob berişmadi. Hozirça şu javob böldi", - dedi Zelenskiy.

Avvalroq Ukraina prezidenti matbuot kotibi Yuliya Mendel Zelenskiy Putin bilan Ukraina şarqidagi vaziyatni muhokama qiliş uçun sörov yöllagani, ammo bu sörovga javob qaytarilmaganini aytgandi.