Bugun Özbekiston böyiça kam bulutli ob-havo böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpoğiston şimoliy tumanlarida ba'zi joylarda biroz yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin, ba'zi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi. Kun örtasiga kelib havo harorati 24-27 daraja issiqqaça kötariladi.
20-21 aprelda Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, söng Ural hududlaridan deyarli sovuq antitsiklon kirib keladi.
20 aprelda kunduz kuni Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba'zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati keçasi 12-17 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq atrofida böladi.
21 aprelda respublikaning markaziy va şarqiy hududlarida yomğir yoğadi, ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 13-18 daraja iliqqaça pasayadi.
Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprelda şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Respublika toğoldi va toğli hududlarida 20-21 aprelda yomğir yoğadi, ba'zi joylarda kuçli böladi, sel kelişi xavfi bor.
Iş haftasi ikkinçi yarmida Özbekistonning barça hududlari böyiça kam bulutli va quruq ob-havo böladi.
22 aprelda sovuq antitsiklon periferiyasida harorat keçalari 3-8 daraja iliqqaça pasayadi, kunduz kungi harorat esa asta-sekin kötarila boşlaydi va kunduzi havo 17-20 daraja iliqqaça, 23 aprelda esa 22-25 daraja issiqqaça kötariladi.
Toşkent va Namangan viloyatlarining toğli hududlarida 2200 metrdan yuqorida qor köçişi xavfi bor.












