Qömita xabariga köra, 14 988ta soliq tölovçi tomonidan QQS böyiça budjetga umuman tölov amalga oşirilmagan va soliq qarzi mavjud bölgan holda öz kontragentlariga yirik miqdorda elektron hisobvaraq-faktura rasmiylaştirilgan.
«Soliq tölovçilarga öz faoliyatida lozim darajada ehtiyotkor bölişlari uçun qulaylik yaratiş va ularning kontragentlari töğrisida qöşimça ma'lumot beriş maqsadida 14 988 ta korxona tovar va xizmatlar sotib olganligi natijasida hisobga olinadigan QQS summasini qayta körib çiqişlari va zarur hollarda tuzatiş kiritiş böyiça qayta aniqlaştirilgan hisobot taqdim etişlari yuzasidan şaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborildi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Ma'lum qilinişiça, Davlat soliq qömitasi uşbu holatlar yuzasidan har bir soliq tölovçiga ularning kontragentlari bilan amalga oşirilgan operatsiyalari böyiça töliq ma'lumot tayyorlab, ularga yetkazgan.
Hozirça 14 988 soliq tölovçi tomonidan budjetga qança soliq tölanmagani, şuningdek, fevral oyida xabarnoma yuborilgan soliq tölovçilar 15 mingtalik adadga kiriş yoki kirmasligi haqida ma'lumot oliş imkoni bölmadi. Şu va boşqa savollar yuzasidan DSQ munosabati kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, fevral oyida Davlat soliq qömitasi «naqdlaştiruvçi» (obnalçi) firmalar bilan kuraş boşlab, 396ta korxonani şubhali korxonalar röyxatiga kiritgan edi. Natijada ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlarining hisobga olingan QQS summasi bekor qilingan.
DSQ şubhali korxonalar bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlaridan budjetga tölanmagan 1 trillion sömga yaqin QQS summasi undirilişini ma'lum qilgaç, tadbirkorlar e'tiroz bildira boşladi.
23 fevral kuni tadbirkorlar bilan uçraşgan Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Kudbiyev QQS summasini baribir tölaş kerakligini aytib, buning uçun 6 oylik amnitsiya berilişini bildirdi.
Aprel oyida 8 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'yekti 1 mayga qadar qayta hisobot topşirsa, javobgarlikka tortilmasligi











