Yangi taşkil etilgan Yevropa Superligasi ehtimoliy sanksiyalar sababli FIFA va UEFAni sudga berdi, deb xabar qilmoqda AR.

Avvalroq UEFA Superliga qatnaşçilari barça musobaqalardan çetlatilişi, futbolçilarga esa terma jamoalarda öynaş taqiqlanişini bildirgandi.

Xabarda aytilişiça, FIFA prezidenti Janni Infantino va UEFA rahbari Aleksandr Çeferin sudga da'vo kiritilganidan xabardor qilingan.

"FIFA va UEFA har qanday klub yoki öyinçini tegişli musobaqalardan mahrum qiliş uçun jazo çoralari körişidan taşvişdamiz. Bunday noqonuniy harakatdan himoyalaniş uçun Superliga tegişli sudlarga da'vo kiritdi", - deyiladi Superliga tomonidan. 

Şu bilan birga, aynan qaysi sudlarga murojaat qilingani aytilmagan. 

Eslatib ötamiz, quyidagi jamoalar Yevropa Superligasida iştirok etişi ma'lum: Ispaniyadan «Real» «Barselona», «Atletiko», Italiyadan «Milan», «Inter», «Yuventus» va Angliyadan «Arsenal», «Çelsi», «Liverpul», «Mançester Siti», «Mançester Yunayted» va «Tottenhem».