Klub rasmiy saytining xabar berişiça, Mourino bilan birga uning yordamçilari ham jamoani tark etgan. Rasmiy xabarda aytilişiça, portugaliyalik murabbiyning iste'fosiga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab bölgan.

Mourino 2019 yilning kuzida «Tottenhem» boşqaruvini qölga olgandi. Joze öşanda klubni tark etgan Maurisio Poçettinoning örnini egallagan. U bilan şartnoma 2023 yil yozigaça tuzilgandi. Şartnomada tovon puli körsatilmagan, endilikda u yangi klub topmagunça, klub unga maoş tölaşda davom etadi.

«Tottenhem» sönggi 5ta uçraşuvda faqat bitta öyinda ğalaba qozonib, 2 martadan durang va mağlubiyatga uçradi. APL yakuniga 6 tur qolganida Mourino şogirdlari 50 oçko bilan turnir jadvalida 7-örinni egallab turibdi. Klub ötgan mavsum APLda 6-örinni egallagan bölsa, joriy mavsumda Yevropa ligasi 1/8 finalida «Dinamo» Zagrebga mağlubiyatga uçrab, turnirni tark etgandi.

Mourino faoliyati davomida «Portu», «Inter», «Real», «Çelsi» va «Mançester Yunayted» klublarida ham işlagan.

Klubni vaqtinçalikka Rayan Meyson boşqarib turadi. 2007-2016 yillarda londonliklar klubida töp surgan sobiq futbolçi şu vaqtgaça yoşlar jamoasi murabbiyi sifatida işlab kelayotgandi.

Jurnalist Trevor Azul tvitterdagi sahifasida Joze Mourinoning «Tottenhem»dan ketişi sababi haqida yozdi. Manba ma'lumotiga köra, murabbiy «Tottenhem» Superligaga a'zo bölganiga e'tiroz bildirgani uçun işdan böşatilgan.

Klub rasmiy sayti hozirça murabbiyning işdan böşaş sababi haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

Eslatib ötamiz, 19 aprelga ötar Yevropadagi top-klublar Superliga tuzişgani ma'lum bölgandi, bu ligada «Arsenal», «Çelsi», «Liverpul», «Mançester Siti», «Mançester Yunayted», «Tottenhem», «Real», «Barselona», «Atletiko», «Milan», «Inter» va «Yuventus» klublari iştirok etişi közda tutilgan.