Ma'lumotlarga köra, Malikguli Berdimuhamedov 1932 yil 12 avgustda Göktepa tumanining Birleşik-1 qişloğida tavallud topgan. Mehnat faoliyatining boşida kutubxonaçi, söngra boşlanğiç sinflar öqituvçisi bölib işlagan.
Malikguli Berdimuhamedov 1958 yildan 1982 yilgaça içki işlar idoralarida turli lavozimlarni egallagan, podpolkovnik unvonida pensiyaga çiqqan. Şundan keyin u uzoq yillar öqituvçilik qilgan, Ta'lim milliy institutida, Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Aşxobod şahri ta'lim boşqarmasida faoliyat yuritgan.
Içki işlar tizimidagi faoliyati davomida jinoyatçilikka qarşi kuraş va jamoat tartibini saqlaşdagi xizmatlari uçun turli faxriy yorliqlar, kökrak nişonlari va medallar bilan taqdirlangan.
Uning nomi Turkmaniston içki işlar vazirligining Aşxoboddagi 1001-sonli harbiy qismiga va vazirlikning turar joy majmuasiga berilgan.












