Qaror bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta taşkil etildi.
Universitet quyidagi sohalar uçun malakali kadrlarni maqsadli tayyorlaşni amalga oşiruvçi bazaviy oliy harbiy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi:
- Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya uçun – jamoat xavfsizligini ta'minlaş sohasining tegişinça jamoat tartibini saqlaş, yöl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oşiriş yönalişlarida;
- Qurolli Kuçlar va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun –harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qömondonlik-taktik faoliyat sohasida;
- öz qöriqlaş tuzilmalariga ega bölgan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari uçun – qöriqlaş faoliyatini taşkil etiş va amalga oşiriş sohasining barça yönalişlarida.
2021/2022 öquv yilidan boşlab, universitetda professional kadrlarni tayyorlaş jarayoniga bakalavriat va magistraturani öz içiga oluvçi ikki bosqiçli oliy ta'lim tizimi joriy etiladi.
Hujjatda belgilanişiça:
- Universitetda bakalavriat dasturi böyiça öqitiş jarayoni ta'limning kunduzgi va sirtqi şakllarida taşkil etilib, bitiruvçilarga oliy ta'limning birinçi bosqiçini tamomlaganini tasdiqlovçi diplom beriladi;
- Universitetda magistratura dasturi böyiça öqitiş jarayoni bir yillik öqiş muddati bilan amaliy faoliyatga yönaltirilgan holda taşkil etilib, bitiruvçilarga oliy ta'limning ikkinçi bosqiçini tamomlaganini tasdiqlovçi diplom beriladi;
- Universitetning sirtqi ta'lim şakli kamida uç yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega bölgan Milliy gvardiyaning amaldagi harbiy xizmatçilari (xodimlari) uçun nazarda tutilib, unda öqiş muddati oliy ma'lumotga ega bölmagan şaxslar uçun tört yilni, oliy ma'lumotga ega bölgan şaxslar uçun tölov-kontrakt asosida uç yilni taşkil etadi;
- Universitetning yillik qabul kvotasi bakalavriatning kunduzgi ta'lim şakliga 300 nafargaça kursantlarni, sirtqi ta'lim şakliga 100 nafargaça tinglovçilarni taşkil etadi;
- Universitet magistraturasini tamomlaganlik töğrisidagi diplom harbiy xizmat (xizmat)ni ötaşda Qurolli Kuçlar Akademiyasining ikki yillik magistratura dasturini, Içki işlar vazirligi Akademiyasining ikkinçi darajadagi magistraturasini, şuningdek, xorijiy mamlakatlar harbiy akademiyalarini tamomlaganlik töğrisidagi diplomlarga tenglaştiriladi;
Universitetning sirtqi ta'lim şakliga Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi apparati tomonidan har yili belgilanadigan qöşimça kvota böyiça boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar va Qurolli Kuçlarda kamida uç yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega bölgan harbiy xizmatçilar (xodimlar) tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinişi mumkin.












