16 aprel kuni Özbekiston budjetining daromad va tuşumlari 936 mlrd 5 mln sömni, xarajatlari esa 1 trln 338 mlrd 500 mln sömni taşkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, budjet buyurtmaçilari tomonidan amalga oşirilgan elektron davlat xaridlari uçun 2 ming 110 ta şartnoma tuzilgan va kun davomida 6 mlrd 187 mln 400 ming söm sarflangan.
Xususan, 1,6 mlrd söm jihozlar, transport vositalari va asbob-uskunalarga, 1,6 mlrd söm tovar-moddiy zaxiralarga yönaltirilgan. Şuningdek, kiyim-keçak, dori-darmon, tibbiyot vositalari va boşqa mahsulotlar xarid qilingan.
Vazirlikka köra, 2020 yil 16 apreldagi budjet daromad va tuşumlari 1 trln 186 mlrd 100 mln sömni, xarajatlari esa 532 mlrd 500 mln sömni taşkil etgan.
Avvalroq, joriy yil 6 apreldagi budjet daromad va xarajatlari böyiça xabar berilgandi. Unda kun davomidagi daromad va tuşumlar 299 mlrd 500 mln sömni, xarajatlar 701 mlrd 800 mln sömni taşkil etgani keltirilgan.
Eslatib ötamiz, 2021 yil yakuni böyiça respublika konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 178,7 trln sömni, xarajatlari 216,2 trillion sömni taşkil etişi prognoz qilingan. Bu yilgi budjet taqçilligi esa 37,5 trillion söm bölişi kutilmoqda.










