Fuqarolik işlari böyiça Denov tumanlararo sudi 2016 yilda Uzun tumanida yaşovçi Ş.M.dan bir nafar farzandining ta'minoti uçun aliment undirişni belgilagan edi.
MIB Surxondaryo viloyat boşqarmasining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, qarzdor ota aliment tölovlarini öz vaqtida tölamay, ijrodan qoçib yurgan.
Majburiy ijro byurosi Uzun tuman bölimi 2020 yilning 2 dekabr kuni Ş.M.ga nisbatan qidiruv e'lon qildi.
Aniqlanişiça, Ş.M. Rossiyada işlab yurgan ekan.
Prokuratura va MIB xodimlari, jamoatçilik vakillari qarzdor otaning yaqin qarndoşlariga aliment tölamaslikning huquqiy oqibatlarini tuşuntirişdi.
Şundan söng, Ş.M.ning yaqin qarndoşlari bir nafar bolaning voyaga yetguniga qadar hisoblangan 30 mln söm aliment pullarini tilxat asosida tölab berdi.
Ş.M.ning barça aliment qarzdorligi qoplanganligi sababli unga nisbatan e'lon qilingan qidiruv bekor qilindi.











