Bu ötiş jarayoni oson bölmasligi kundek ravşan. Oldinda körinib turgan qiyinçiliklar talaygina. Kirillda savod çiqargan katta avlodni iş yuritişda lotin yozuviga örgatiş ana şu qiyinçiliklardan biri.
Ta'kidlaş kerak, yozuv islohotini va uning nega kerakligini tuşunmayotganlar yetarliça topiladi. Kun.uz muxbiri lotin yozuviga ötiş zarurati haqidagi savollarga Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantiriş masalalari departamenti mudiri Abduğaffor Qirğizboyevdan javob oldi.
Yozuv islohoti zarurati, xarajatlar va takomillaşişi kerak bölgan alifbo
— Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga ötişning mazmun-mohiyati haqida avvalgi çiqişlarimda ham köp gapirganman. Avvalo, buni davr taqozo qilyapti.
Qöşni davlatlar ham bu yozuvga ötdi, ötyapti. Biz buning xulosasini qildik. Xulosaki, hukumat qarori qabul qilinib, yöl xaritasi işlab çiqildi. Unga köra, 2023 yildan boşlab lotin yozuviga töliq ötib bölamiz.
Lotin yozuviga töliq ötiş yölida ketadigan xarajatlar masalasiga kelsak, qörqadigan narsaning özi yöq. Çunki özbek maktablarida 1995 yildan boşlab lotin yozuvida dars maşğulotlari olib borilyapti. Maktabgaça ta'lim tizimida ham.
Bugun Özbekiston aholisining 60 foizdan köproği lotin yozuvida öqiganlar. Ular bu yozuvni mukammal bilişadi.

Ikkinçidan, özbek OAVlari ham bu jarayonga bosqiçma-bosqiç tayyorgarlik körib ötyapti.
Tarixda bu yozuvga butun jamiyatlar ötgan. Nima bölibdi? Biz ham ötamiz.
Biz taraqqiyotimiz uçun mana şu yozuvga ötar ekanmiz, siz aytganingizdek, joylarda bu yozuvning tarğibotini kuçaytirişimiz kerak. Ikkinçidan, katta yoşdagi ayrim insonlar bu yozuvni yaxşi bilmaydi. Biz şuning uçun ham 14ta hududda bu yozuvni örgatiş markazlarini oçdik.
Hozirda bu markazlarda yoşi kattalar, taşkilot xodimlari öqitilyapti.
Töğri, bu yozuvga töliq ötiş uçun bizda 1,5 yil vaqt qoldi, lekin şu 1,5 yil içida biz juda köp işlarni qilişimiz kerak. Avvalo, bunga muhit, şaroit yaratilişi kerak.
Uçinçidan, davlat taşkilotlari xodimlarini lotin yozuvida işlaşga, hujjat yuritişga örgatişimiz kerak.












