Prezident “Yoşlarning tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va bandligiga kömaklaşiş, ularni ijtimoiy himoya qiliş hamda böş vaqtini mazmunli taşkil etişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.
2021 yil 1 maydan boşlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va öziga, şu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegişli bölmagan uyda ijara huquqi asosida yaşaydigan davlat oliy ta'lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan tölanadigan oylik ijara tölovining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda:
- ijara tölovining qoplab beriladigan qismi Toşkent şahrida – bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda – bazaviy hisoblaş miqdorining 0,5 baravaridan oşmasligi lozim;
- ijara tölovining qoplab beriladigan qismi birinçi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, örnak körsatgan va faol talabalar uçun qoplab beriladi;
- oliy ta'lim muassasalari tomonidan ularning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan ijara huquqi asosida yaşaydigan boşqa talabalarga ham oylik ijara tölovining bir qismi qoplab berilişi mumkin.












