Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Özbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qaror qabul qilindi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Gidrometeorologiya xizmati markazi töğrisidagi nizom;
  • Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi.
  • Gidrometeorologiya xizmati markazi respublikada gidrometeorologiya, şuningdek iqlim özgarişi va atrof-muhit ifloslanişi monitoringi sohasida vakolatli davlat boşqaruvi organi etib belgilangan.

Nizomda quyidagilar belgilab qöyildi:

  • “Özgidromet” huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • “Özgidromet” va uning hududiy gidrometeorologiya boşqarmalari huquq va javobgarligi;
  • “Özgidromet” rahbarlari asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
  • “Özgidromet” faoliyatini taşkil etiş tartibi;
  • “Özgidromet”ni moliyalaştiriş va moddiy-texnik ta'minlaş, xodimlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş.

“Özgidromet” joylaşgan joyi: Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yöli 1-tor köçasi, 72-uy.

Quyidagilar institut faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

  • davlat budjeti mablağlari (institut bino va inşootlarini saqlaş, xodimlar mehnatiga haq tölaş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş uçun);
  • körsatiladigan xizmatlardan olingan daromadlar;
  • xalqaro moliya institutlari, xorijiy taşkilotlar, donor mamlakatlar va taşkilotlar grantlari;
  • jismoniy va yuridik şaxslar homiylik xayriyalari;
  • qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.

“Özgidromet” boş direktoriga, zarur hollarda, institut tuzilmasiga xodimlar tasdiqlangan çeklangan umumiy soni va mehnatga haq tölaş fondi doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.

Hujjat prezidentning 2020 yil 17 noyabrdagi «Özbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.