Xorazm viloyati, Qöşköpir tumanida bir guruh ayollarning boşqa bir ayolni özboşimçalik bilan jazolaş holati böyiça oçilgan jinoyat işi sudda körib çiqildi.
Ma'lum bölişiça, 2020 yil 9 iyun kuni soat 22:40da 4 nafar ayol - Karomat D., Olma D., Ra'no D. va Nargiza R. bir guruh bölib, Qöşköpir tumani, Oqdarband qişloği hududida Hamida O.ni Karomat D. öğlining oilasini buzganlikda, uç nafar farzandi yetim qolayotganlikda ayblab, janjallaşib, uni urib-döpposlab, kiyimlarini yirtib, tayoq bilan tanasi turli joylariga urib, qayçi bilan soçlarini kesib taşlab, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, qasddan bezorilik jinoyatini sodir qilganlar.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi «b, g» bandlari bilan qözğatilgan jinoyat işi Qöşköpir tumani sudida körib çiqilgan.
Sud hukmiga köra, Karomat D., Olma D., Nargiza R. 1 yil 6 oy va Ra'no D. 1 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlanib, jabrlanuvçi Hamida O.ning ularga nisbatan heç qanday da'vosi yöqligi inobatga olingan.












