«Hozirda yurtimizda 1 million 600 ming aholi bandligini ta'minlaş talab etilayotgan bölsa, ularning 805 mingdan ortiği 16-30 yoşdagi işsizlar. Şuningdek, 2021 yilda mehnat bozoriga jami 560 ming bitiruvçi kirib keladi. Natijada, joriy yilda yoşlar bandligini ta'minlaş uçun ehtiyoj 1 million 365 mingdan ortiqni taşkil qiladi. Aynan şuning uçun ham joriy yildagi davlat dasturida yoşlarni qöllab-quvvatlaşga alohida e'tibor berilgan», dedi Baxtiyor Sayfullayev.

13 aprel kungi videoselektorda prezident yoşlarga faqat kredit beriş bilan iş bitmasligi, ularning işlaşi uçun şaroitlar ham yaratib beriş lozimligini ta'kidlagandi.

«Bir narsani tuşuninglar, yoşlar muammolarini faqatgina Yoşlar agentligi yoki Yoşlar ittifoqining özi hal qiladi, deb öylasak, xato böladi. Hali oldimizda bu borada öz yeçimini kutayotgan köplab vazifalar turibdi. Yoşlar bandligini ta'minlaş va ularga munosib daromad olişi uçun şaroit yaratib beriş – eng muhim vazifa hisoblanadi. Yana bir bor takrorlayman, bu boradagi eng katta imkoniyat va zaxiramiz, bu – tadbirkorlik, ayniqsa, kiçik va örta biznesdir», degan prezident.

Birinçi çorakda 12 ming nafar «yoşlar daftari»ga kirganlarga 255 milliard söm kredit ajratilgani ma'lum qilindi.