Özbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14 foiz darajada özgarişsiz qoldirdi. Boşqaruv yiğilişidan söng rais Mamarizo Nurmurodov iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi.

Anjumanda Mamarizo Nurmurodov Kun.uz muxbirining bank tizimidagi korrupsion holatlar yuzasidan bergan savollariga javob berib ötdi.

«Bozor tamoyillaridan qança köp çeklansak, korrupsiyaga moyillik ortib boraveradi. Masalan, imtiyozli kreditlar yoki bank xizmatlaridagi yon bosiş holatlarini körsatişimiz mumkin. Bu sohada korrupsiyaning birdan bir yöli – inson omili natijasida amalga oşirilayotgan xizmatlarni kamaytirişimiz kerak.

Biz agar qaysidir taşkilotga yoki şaxsga kredit olişning iloji yöq deb aytsak, u şuning boşqa yölini izlay boşlaydi. Agar kimdir bankdan kredit olmoqçi bölsa, biz qanaqa tegişli hujjatlar kerak bölişini oldindan e'lon qilamiz. Scoring modeli tegişli tarzda hujjatlarni va şaxsning moliyaviy holatini örganib, mablağ ajratiş kerakligi yoki yöqligini avtomatik tarzda hal qiladi. Bunda oddiygina kommunal tölovlardan qarzingiz bölsa ham, model pul ajratmaydi. Natijada kimningdir oldiga borib iltimos qiliş yoki qonunda körsatilmagan yöllar bilan bunga intiliş bölmaydi», – dedi Markaziy bank raisi.

  • Aksilkorrupsiya agentligi ma'lumotiga köra, 2020 yilda 104 nafar bank tizimi xodimi korrupsion jinoyatlar doirasida sudlangan.