Onlayn-rejimda ötayotgan sammitda 40ta davlat yetakçisi iştirok etmoqda.
Bayden kiriş nutqida barça davlatlarni iqlim özgarişiga qarşi kuraşda birlaşişga çaqirdi. Uning ta'kidlaşiça, yaqin ön yil bu borada «hal qiluvçi ön yillik böladi».
«Men mutaxassislardan maslahat olaman hamda yanada farovon va adolatli kelajak uçun salohiyatni körmoqdaman. Fan xato qilmaydi va harakatsizlik qiymati tobora oşib bormoqda», deb aytgan Bayden sammitni oçiş vaqtidagi nutqida. U AQŞ 2030 yilgaça atmosferaga zararli çiqindilar çiqarişni 2 martaga qisqartirişini, 2050 yilgaça esa umuman töxtatişini aytgan. Biroq Baydenning aytişiça, AQŞ bir özi iqlim özgarişi muammosini hal qila olmaydi.
Öz navbatida, Xitoy raisi Si Tszinpin nutqida rivojlangan davlatlarni iqlim özgarişiga qarşi kuraş böyiça çoralarni kuçaytirişga çaqirdi. Uning ta'kidlaşiça, Xitoy 2026 yildan boşlab kömir iste'molini qisqartirişni boşlaydi.
Sammitda boşqa yetakçilar ham söz olişlari kutilmoqda. Ularning çiqişlari Oq uyning YouTube-kanalida namoyiş qilinmoqda.
Ikki kun davom etadigan sammit 22 aprelda nişonlanadigan Xalqaro Yer kuniga bağişlangan. Unda heç qanday hujjatlar imzolanmaydi.
AQŞning avvalgi prezidenti Donald Tramp atmosferada karbonat angidrid gazi miqdorini qisqartiriş böyiça çoralarni tartibga soluvçi iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqişga qaror qilgandi. Biroq Bayden hokimiyat tepasiga kelgaç, Trampning bu qarorini bekor qildi.












