Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi «O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat prezidentning 2019 yil 20 martdagi «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2021 yil 21 yanvardagi «O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq qabul qilingan.
Quyidagi hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi:
- Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi qarori;
- O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risida nizom;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risida namunaviy nizom;
- O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi to‘g‘risida nizom;
- O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi;
- O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risida nizom;
- O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom;
- O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, quyidagi tashkilotlar qo‘mita yagona tizimini tashkil etadi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari;
- O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti;
- Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi;
- «O‘rmonloyiha» loyihalash instituti;
- Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi;















