Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yerni 105 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: KUN.UZ
Surxondaryo viloyati Denov tumanida o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yerni 105 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 6 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Denov tumani Jomiy mahallasi hududida, Sariosiyo tumanida yashovchi, A.Asomiddinning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, Denov tumani Pojur mahallasida yashovchi, J.Bahrom mahalla hududida joylashgan O‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 15 sotix yerning o‘ziga tegishli ekanini, 105 million so‘m pul evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytib, A.Asomiddindan 30 million so‘m olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 16 dekabr kuni J.Bahromga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026