Şulardan 40ta robot Urganç şahrining 8ta maktabgaça ta'lim taşkilotiga tarqatildi.
Robototexnika va dasturlaş könikmalarini örgatiş uçun möljallangan Albert va Genibot aqlli robotlarining imkoniyatlari köp. Ular bolalarda ijodkorlik, mantiq, namunalarni tanib oliş, bir-biridan farqlaş va tez topiş şuningdek biror vazifaning optimal yeçimlarini izlaş qobiliyatlarini şakllanişida yaxşi samara berişi aniqlangan.
Robotdan bir neçta bosqiçda foydalaniladi. Birinçi bosqiçda bola tayyor kodlaş kartalari yordamida öyinçoqni harakatlanişga, közini miltiratişga, gapirişga majbur qiladi. Şu tarzda u kod bloklarining qanday işlaşini tuşunib oladi. Keyingi bosqiçlarda vazifa mukammallaşib boraveradi. Yoşi kattaroq bolalar robotni smartfonga ulab, öz buyruqlari va algoritmlarini yaratişi mumkin.


Ta'kidlanişiça, robotlarga asoslangan öqitiş dasturi Koreya Respublikasida yaxşi natijalar körsatgan. Agar loyiha samarali yakunlansa, boğçalar yanada köproq Albert robotlari bilan töldiriladi.












