Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus va Amudaryoda kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi
Nukusda 18 nafar shaxs nomiga 390 mln so‘m, Amudaryoda 2 nafar fuqaroga 37 mln so‘m kredit chiqarilgan. Ammo kredit nomiga chiqqan shaxslarning bundan xabari yo‘q.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda AT «Ipoteka bank» Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mas'ul shaxslari va fuqaro M.D.ning 18 nafar qarindoshi nomiga soxta ma'lumotnomalar orqali ajratilgan 390 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘tkazgani aniqlangan. Mablag‘lar 3 ta MChJga o‘tkazilib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Xuddi shunday holat ATB «Agrobank» Amudaryo filialida ham qayd etilgan. Bank mas'ul shaxslari 2 nafar fuqaro nomiga ularning xabardorligisiz soxta hujjatlarni rasmiylashtirishgan. Shu orqali 37 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
11:13 / 21.01.2026
Firibgarlar rasmiylashtirgan onlayn kreditlar bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:58 / 10.01.2026
400 mingdan ortiq kishi o‘z nomiga kredit ajratilishini taqiqladi
14:57 / 26.12.2025