23 aprel holatiga köra, respublika böylab 243ta maktabda öquvçilar orasida koronavirusga çaliniş holatlari aniqlangani tufayli ta'lim oliş töliq onlayn ta'limga ötkazilgan. 29ta maktabda faqat kasallik aniqlangan öquvçi öqiydigan sinflar karantinga yopilib, öquvçilar onlayn ta'lim olmoqda.
“Bu raqamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib çiqib özgarib boradi. Onlayn ta'lim olayotgan maktab öquvçilari uçun Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda “Onlayn maktab” loyihasi yölga qöyilgan”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, onlayn maktab darslarini Uzeduonlinemaktab telegram kanali orqali ham qayta köriş imkoniyati mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq onlayn ta'limga ötgan maktablar soni 163tani taşkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.

















