Bu – ba'zi mamlakatlarda, masalan, Norvegiyada har kuni 20 soatgaça oziq-ovqatdan özini tiyiş demakdir.
Xöş, röza soğliqqa qanday ta'sir qiladi? 30 kun davomida röza tutgan odamning tanasida qanday özgarişlar sodir böladi?
Dastlabki kunlar qiyin keçişi mumkin
Inson tanasi röza tutilganini eng sönggi ovqatlanişdan 8 soat ötgaç sezişi mumkin. Bu – içaklar oxirgi taomlanişdan olingan barça foydali moddalarni töliq hazm qilib ulguradigan muddatdir. Keyingi bosqiçda organizm energiya ehtiyojini qondiriş uçun jigar va muşaklardagi glyukozaga yönaladi.
Glyukoza iste'molidan keyingi energiya manbayi tanadagi yoğlardir. Yoğlarning sarf qilinişi vazn yöqotişga, xolesterin miqdorini pasaytirişga, diabet xavfini kamaytirişga yordam beradi.
Boşqa tomondan, qon şakarining pasayişi bilan tanada zaiflik va sustlik paydo böladi.
Oçlik darajasi eng yuqori darajaga kötarilganda simptomlarga boş oğriği, köngil aynişi va oğizdan noxuş hid kelişi kabi alomatlar qöşiladi.
3-kundan 7-kunga: suv içişga e'tibor qarating
Bu oraliqda tana röza tutişga moslaşa boşlaydi. Yoğ «iste'mol» qilinib, qon şakariga aylantiriladi.
Saharlik va iftor vaqtlari orasida suv miqdori kamaygani sababli tanada terlaş tezlaşadi va suyuqlik yöqolişi kuçayadi.
Iftor va saharlik vaqtidagi ovqatlaniş paytida uglevodlar va ba'zi yoğlarni kerakli miqdorda qabul qiliş energiya işlab çiqariş uçun zarur. Oqsil, tuz va suv kabi ba'zi foydali moddalarni iste'mol qiliş muhimdir.
8-kundan 15-kungaça: tana röza tutişga töliq moslaşadi
Tana endi 3-bosqiçga ötadi va u röza tutişga töliq moslaşadi.
Angliyadagi Kembrij universiteti kasalxonasining behuşlik va intensiv terapiya böyiça maslahatçisi doktor Razin Maxrufning aytişiça, uşbu bosqiç tanaga ijobiy ta'sir körsatadi.
«Kundalik hayotda biz köproq kaloriyali ovqat iste'mol qilamiz. Şuning uçun tanamiz kasalliklarni yengiş kabi muhim vazifani bajara olmaydi. Röza paytida bu holat qaytadan muvozanatlaşadi. Tana yana özining muhim funksiyalariga e'tibor qaratadi, uning infeksiyalarga qarşi kuraşişi va kasalliklardan xalos bölişi ham osonlaşadi».


















