Suriyaning Baniyos şahri yaqinida turgan neft tankeriga drondan zarba berildi. SANA axborot agentligining xabar berişiça, buning oqibatida kemada yonğin çiqqan.
Kema Livan suv hududi tomondan 2ta snaryad bilan öqqa tutilgan. Snaryadlardan biri kemaning tumşuq qismiga tegib, unga katta zarar yetkazmagan. Biroq ikkinçi snaryad palubaga tuşib, jiddiy talafotga olib kelgan.
Ayni vaqtga kelib yonğinni töliq öçirişga muvaffaq bölingan.
Ta'kidlanişiça, hujum oqibatida heç kim halok bölmagan.
Al-Hadath telekanalining xabar berişiça, hujumga Eron tankeri uçragan bölişi mumkin.
Bu orada Al-Mayadeen telekanali Damaşq tankerga Isroil droni yordamida zarba berilgan deb hisoblayotganini ma'lum qilgan.












