«Özgidromet» xabariga köra, bugun Özbekistonda havo özgarib turişi, yoğingarçiliksiz bölişi kutilmoqda. Kunning örtasiga kelib, markaziy va şarqiy hududlarda havo 15-17 daraja iliqqaça, şimoliy va janubiy hududlarda 20-25 daraja issiqqaça kötariladi.

6 aprelda respublikaning şimoliy hududlariga Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Özbekiston böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat toğoldi va toğli hududlarda ba'zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Kunduzi havo harorati 18-20 daraja issiqqaça kötariladi va me'yoriy qiymatlarga yaqinlaşadi.

7-9 aprelda iliq havo massalari Özbekistonning barça hududlariga tarqaladi. Asosan kam bulutli ob-havo bölişi kutilmoqda. Markaziy, şarqiy hududlarda kunduzgi havo harorati 23-26 daraja issiqqaça, şimolda va janubda 27-32 daraja issiqqaça kötariladi, bu örtaça köp yillik qiymatlardan 2-3 darajaga köpdir.

5-9 aprelda Toşkent va Namangan viloyatlarining toğli hududlarida, 1600 metrdan yuqorida qor köçişi xavfi bor.