Joriy yil 24 aprel kuni Xöjand şahrida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston boş vaziri Koxir Rasulzoda boşçiligidagi hukumat delegatsiyalarining uçraşuvi bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uçraşuv çoğida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon örtasidagi oçiq, işonçli va konstruktiv muloqot ikki tomonlama munosabatlarning köp qirrali strategik şeriklikning yangi bosqiçiga kötarilişiga, döstlik muhitini mustahkamlaşga va ikki qardoş xalq örtasidagi özaro tuşunişga hissa qöşgani ta'kidlandi.

Tomonlar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yilda Tojikistonga böladigan taşrifiga tayyorgarlik köriş nuqtayi nazaridan ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş va yanada kengaytirişning keng doiradagi masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar tovar ayirboşlaşni yanada oşiriş, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlaş böyiça qöşma çora-tadbirlar, transport, aloqa va suv-energetika sohasidagi özaro aloqalar, mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun potensial imkoniyatlarni körib çiqdi.

Bundan oldin, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10-12 iyun kunlari rasmiy taşrif bilan Duşanbeda bölişi xabar qilingandi.