Ijtimoy tarmoqda Törtkölda Qizil kitobga kiritilgan şöravor tsistanxe ösimligi xitoyliklar tomonidan noqonuniy terilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarda yozilişiça, tsistanxe ösimligini Törtkul tumani «Anhorli» MFYdagi «Boğyap kanali» qurilişi uçun kelgan xitoyliklar noqonuniy ravişda işçilarga terdirtirişmoqda.
«Işonçimiz komilki, Qoraqalpoğiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi mazkur huquqbuzarlikning oldini olib, şifobaxş ösimliklarni asrab qolişadi va ularning noqonuniy ravişda çet elga olib çiqilişiga yöl qöyişmaydi», — deyiladi xabarda.
Qoraqalpoq davlat universitetining ekologiya va tuproqşunoslik kafedrasi dotsenti Nizamatdin Mamutovning sözlariga köra, 2 ming yildan buyon Xitoy tibbiyotida foydalanib kelinayotgan bu ösimlik köp kasalliklarga davo va umrni uzaytiriş xususiyatiga ega. Tsistanxe böğinlardagi oğriqlar, buyrak kasalliklarini davolaş, şuningdek, xotira va immunitetni mustahkamlaş, asabni tinçlantirişda, ayniqsa, miya ösimtasining oldini olişda tengi yöq darmon hisoblanadi.
Ma'lumot uçun, tsistanxe ösimligi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. U Amudaryo deltasi, Qizilqum va Ustyurt kengliklarida tarqalgan hamda «çöl jenşeni», «sahrodagi hayot ildizi», «oltin tomir» deb nomlanadi.











