Yevrokomissiya (YeK) AstraZeneca kompaniyasini vaksina yetkazib beriş böyiça şartnomani buzgani uçun sudga berganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Stefan De Keyersmaker ma'lum qildi.
"Yevrokomissiya AstraZeneca kompaniyasini vaksina yetkazib beriş böyiça kelişuvni buzgani uçun sudga berdi. Şartnomaning ayrim bandlariga amal qilinmadi va kompaniya yetkazib beriş öz muddatida tiklanişi borasida işonçli strategiyani taqdim eta olmadi", - dedi u.
"Sezilarli miqdordagi dozalar zudlik bilan yetkazib berilişi biz uçun juda muhim, şu bois Yevrokomissiya özi va YeIning 27 mamlakati nomidan kompaniyaga nisbatan da'vo kiritdi", - dedi u.
AstraZeneca birinçi çorakda YeIga şartnomadagi 120 mln örniga 40 mln dozadan kamroq vaksina yetkazib berdi. YeIning qator davlatlari vaksina töliq yetkazilmagani uçun milliy emlaş rejasini qayta körib çiqişga majbur böldi.
Yevrokomissiya AstraZeneca bilan 400 mln doza vaksina yetkazib berilişi böyiça ötgan yil avgustida, hali vaksina işlab çiqilmasdan turib şartnoma imzolagandi.












