Yunusobod tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tumandagi bog‘chalarga kanstovar mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovdan 432 mln so‘mlik taklif bergan firmani tushunarsiz sabablarga ko‘ra chiqarib yuborib, ayni shu buyurtma bo‘yicha 655 mln so‘mlik taklif bergan firmani tanlab olgan. Iqtisod qilinmagan summa qariyb – 223 mln so‘m.

Tahririyatga murojaat qilgan “KANSLER” MChJ vakili davlat bog‘chalariga kanstovar yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda nohaqlik bo‘lganini ta'kidladi.

Tanlov haqida qisqacha

2021 yil 26 mart kuni Yunusubod tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi dxarid.uzex.uz platformasida tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga kanselyariya mahsulotlari sotib olish bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 763 mln 260 ming so‘mlik tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda “GROCERY TRADING” MChJ 692 mln 268 ming so‘mlik, “EKONOM MAX-TRADE” MChJ 723 mln 771 ming so‘mlik va “BARHAYOT HAMKOR BUSINESS” MChJ 655 mln 58 ming so‘mlik takliflar bilan ishtirok etadi.

Tanlov o‘tkazuvchi komissiya yuqoridagilar orasidan eng kam summa taklif qilgan “BARHAYOT HAMKOR BUSINESS” MChJni g‘olib deb topadi va shu kunning o‘zida, ya'ni 2021 yil 8 aprel kuni Yunusubod tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi bilan “BARHAYOT HAMKOR BUSINESS” MChJ o‘rtasida umumiy qiymati 655 mln 58 ming so‘mlik tovar yetkazib berish shartnomasi tuziladi.

“KANSLER” MChJning “o‘yin”dan chiqarilishi

Mazkur tanlovda ishtirok etish maqsadida taklif jo‘natgan beshinchi firma– kanselyariya mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi “KANSLER” MChJ tanlovga boshqa ishtirokchilarga qaraganda ancha kam – 432 mln so‘mlik (!) taklif jo‘natgan bo‘lsa-da, firmaning tanlovda ishtiroki rad etiladi.

Yuqorida tilga olingan tanlov bayonnomasida ushbu firma bir qator mahsulotlarni shaxsan o‘zi ishlab chiqarmay, import qilishi, shu sababli prezidentning mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 4812-sonli