Markaziy bank tomonidan, 2020 yil 1 iyuldan 200 sömlik va 500 sömlik banknotlar (qoğoz pullar) qonuniy tölov vositasi sifatida öz kuçini yöqotganligi, ularning örniga 200 va 500 sömlik tangalar doimiy ravişda muomalaga çiqarib borilayotgani ma'lum qilingan edi. Şuningdek, 200 va 500 sömlik banknotlarni bank kassalarida almaştirib oliş muddati aholining talab va ehtiyojini örgangan holda uzaytirilgani haqida axborot berilgan edi.

Markaziy bank boşqaruvining 2021 yil 9 yanvardagi yiğilişida eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan amaldagi pul belgilariga almaştirib berişning oxirgi muddati – 2022 yil 1 yanvar etib belgilaş töğrisida qarori qabul qilingan.

Qarorga binoan, fuqarolar eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 sömlik tangalar va banknotlarni 2022 yilning 1 yanvariga qadar Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida muomaladagi pul belgilariga almaştirib olişlari mumkin.