Namangan viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov Avstriya davlatining AME International GmbH (AME) kompaniyasi direktori Xayns Messinjyer boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uşbu kompaniya tomonidan 20 dan ortiq davlatda 80 dan ziyod loyiha amalga oşirilgan. Hozirda Namangan şahridagi Kardiologiya markazini jahonning eng ilğor uskunalari bilan jihozlaş, mahalliy mutaxassislarning tajriba almaşinuvi, malakasini oşiriş orqali kardiologiya va kardioxirurgiya yönalişlarida nafaqat viloyatimiz, balki Farğona vodiysining barça viloyatlariga xizmat qiluvçi yangi darajaga olib çiqiş böyiça loyihani amalga oşirişi rejalaştirilgan. Loyiha qiymati 8,9 mln yevro bölib, yuqori texnologiyali tibbiy jihozlarga asoslangan ijtimoiy loyiha hisoblanadi.

AME International GmbH (AME) kompaniyasi elektron-salomatlik departamenti boşliği Olegas Niaksu kompaniya va loyiha töğrisida taqdimot qildi.

Viloyat hokimi öz navbatida işbilarmon hamkorlarning Namangan viloyatida soğliqni saqlaşni rivojlantirişga qaratilgan uşbu loyihasini yuksak baholadi hamda uni tezroq boşlaş va amalga oşirişda qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.






















