«Saralang va örganing» - Toşkentda plastik va qoğoz evaziga bilim beradigan loyiha boşlandi
|20:52 / 05.06.20216 7582 min
Sergeli tumanida “Saralang va örganing” ekologik ijtimoiy loyihasi boşlandi. Loyiha darslari 5 oy davom etib, bolalarda çiqindi saralaş könikmasi şakllantiriladi. Unda iştirok etiş uçun darsga qoğoz va plastik olib boriş kerak.
Bugun, 5 iyun — Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qiliş kunida Sergeli tumanida maktab öquvçilari uçun “Saralang va örganing” ta'lim loyihasi boşlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Dastur taşabbuskori Şahnoza Işmatovaning ta'kidlaşiça, loyiha yozgi ta'tilga çiqqan bolalar uçun ayni muddao. Iyundan oktyabrgaça davom etadigan darslar “Atrof-muhit, biologik xilma-xillik”, “Soğlom ovqatlaniş” va “Mas'uliyatli iste'molçi” mavzularida ötkaziladi. Loyiha mutlaqo tekin bölib, bir oyda 8ta maşğulot ötiladi. Bolalar har bir darsga uyda saralab ajratilgan plastik va qoğoz olib kelişlari kerak. Bundan maqsad — bolalarda çiqindilarni saralaş böyiça foydali odatlarni şakllantiriş. Darslarni öz yönalişining malakali mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va öqituvçilar olib boradi.
Şahnoza Işmatovaning sözlariga köra, yozgi ta'til paytida bolalar kompyuter yoki telefonda öyin öynaş bilan çeklanib qolmasdan, öz vaqtini foydali ötkazişlari juda muhim.
“Sergelida bolalar böş vaqtini unumli ötkazişi uçun köp imkoniyat mavjud emas, şuning uçun biz bolalarning yangi bilimga ega böliş, atrof-muhitni asraş könikmalarini rivojlantiriş, ijodiy tadbirlarda, tadqiqot tajribalarida qatnaşişlari mumkin bölgan dasturni işga tuşirişga qaror qildik”, – deydi loyiha taşkilotçisi.
Ma'lumot örnida, “Hashar Week: Joy-Sergeli” loyihasi 2021 yil mart oyida boşlangan. Loyiha doirasida “Sof Sergeli”, “Sergeli kitobxonlari” öquv maşğulotlari ötkazilib, bu —aholining ekologik madaniyatini oşiriş va şahar joylari ozodaligini saqlaşga qaratilgan.