27 aprel kuni Özbekiston Valuta birjasida ötkazilgan elektron savdolarda ilk marotaba 5 yillik davlat qimmatli qoğozlari muomalaga çiqarildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, qimmatli qoğozlarning örtaça tortilgan daromadligi 12,65 foizni taşkil etib, 5 yillik muddat uçun bençmark yaratildi.
«Auksion savdolarida umumiy qiymati 100 mlrd söm bölgan davlat qimmatli qoğozlarini sotib oliş uçun dilerlar tomonidan taklifga nisbatan 1,7 barobar ortiq hajmdagi buyurtmalar qabul qilindi.
Örta va uzoq muddatli davlat qimmatli qoğozlari emissiya qilinişi milliy valutadagi past xatarli instrumentlarni çiqariş orqali mablağlarni jalb qiliş bençmarki bölib xizmat qiladi, moliyaviy instrumentlarni diversifikatsiyalaş hamda moliya bozoriga yangi iştirokçilarni (suğurta kompaniyalari va boşqalar) jalb etiş uçun zamin yaratadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilişiça, Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzi portfelini diversifikatsiyalaş va valuta xatarlarini pasaytiriş maqsadida davlat qimmatli qoğozlarini çiqariş hajmi oşirilmoqda va içki moliya bozorlarini rivojlantiriş borasida tizimli çoralar körilmoqda.
Ma'lumot uçun, Moliya vazirligi tomonidan çiqarilgan davlat qimmatli qoğozlari hajmi 2018 yilda 597 mlrd sömni, 2019 yilda 1 trln 550 mlrd sömni, 2020 yilda 5 trln 24 mln sömni va 2021 yil yanvar-aprel oylarida 1 trln 173 mlrd sömni taşkil etdi.
Şuningdek, davlat qarzi portfelida valuta xatarlarini kamaytiriş maqsadida 2020 yil noyabr oyida ilk bora sömda 2 trln söm miqdorida suveren xalqaro obligatsiyalari çiqarildi.










