Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev yaqinda çegarada sodir bölgan voqea oxirgisi bölişi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Aliyevning sözlariga köra, Ozarboyjon çegaraçilarning Armaniston bilan çegaradagi Zangilon yönalişida qilgan ğalamisliklariga javob qaytarmadi va özini bosdi. U bu sönggi ogohlantiriş ekanini aytdi.

Hodisa 21 aprel kuni sodir böldi. Ozarboyjon çegara xizmatining ma'lumot berişiça, Ozarboyjon-Armaniston çegarasi hududida otişma yuz bergan. Zangilon rayonidagi Sayidlar qişloğida joylaşgan davlat çegara xizmati va Rossiya FXX çegara xizmati bölinmalari öqqa tutilgan. Yerevan buni rad etgan.

Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi kelişmovçilik ötgan yil sentyabrda boşlangan va 10 noyabrgaça, Boku, Yerevan va Moskva öt oçişni töxtatişga kelişib olmaguniga qadar davom etgandi.